Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Barselona" 2021/22 yilgi mavsumda qancha foyda ko‘rdi?

"Barselona" 2021/22 yilgi mavsumda qancha foyda ko‘rdi?

Kataloniya klubi o‘tgan mavsum 98 mln yevro foyda olganini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub o‘tgan yili 1,017 milliard yevro daromad olgan, bu pandemiyadan keyin ilk bor foyda olish imkonini bergan.

Bu yilgi daromad esa 1,255 mlrd yevroga ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu yozda klub aktivlarining sotilishi bilan bog‘liq. O‘tgan mavsumdagi daromad hisoblari ichiga iyun oyi oxirida klubning mahalliy televideniye huquqining 10 foizini "Sixth Street" global investisiya firmasiga sotgani ham kiritilgan.

Ushbu bitim qiymati 200 mln yevrodan ortiq bo‘lgan va moliyaviy yil uchun oxirgi muddat bo‘lgan 30 iyungacha yakunlangan.

"Barsa" iyul oyida ushbu firmaga La Liga TVning yana 15 foizini 300 mln yevroga sotdi. Shundan so‘ng ikkita 24,5% "Barsa Studios" ulushi 200 mln yevroga sotildi. Ushbu mablag‘lar 2022/23 yilgi daromadlardan joy olgan.

Kiritildi: 20:38 20.09.2022. O'qildi: 2507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!