«Barselona» Lamin Yamalga yangi shartnoma taklif qiladi.
Marca xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi kelasi yozda Yamal 18 yoshga to‘lgach, u bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytiradi. Ispaniyalik vingerga sezilarli darajada yaxshilangan kelishuv taklif etilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda 17 yoshli futbolchi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 1,5 million yevro maosh olmoqda.
«Barsa» shuningdek, kelgusida Gavi, Kubarsi va Fermin bilan ham shartnomalarni yangilashni rejalashtirmoqda.