Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bankrot bo‘lgan bankni raqibi sotib oldi

Bankrot bo‘lgan  bankni raqibi sotib oldi

First Citizens BancShares bankrot bo‘lgan Silicon Valley Bank (SVB) aktivlari va kreditlarini sotib oldi, deb xabar beradi VVS.

SVBning qulashi mart oyi boshida boshqa kredit tashkilotlarining barqarorligiga tahdid soldi. Natijada butun dunyo bo‘ylab bank aksiyalari sezilarli darajada tushib ketdi.

Dushanba kungi birja savdolarida bank sektori ulushlari ortib borayotganiga qaramay, bozor hanuz xavotirda.

Ko‘plab startaplarga qarz bergan SVB so‘nggi bir necha oy davomida og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Noto‘g‘ri boshqaruv va texnologiya sektorining umumiy holati ham unga ta’sir ko‘rsatdi.

Bank davlat qimmatli qog‘ozlari sotilganidan so‘ng yo‘qotishlarini qoplash uchun 2,25 milliard dollar topa olmadi.

AQSh Federal Depozitlarni Sug‘urtalash Korporasiyasi tomonidan e’lon qilingan SVB'ni sotib olish shartnomasiga ko‘ra, dushanba kunidan boshlab bankning barcha 17 ta filiallari First Citizens brendi ostida ochiladi.

Korporasiya SVB'ning bankrotligi uning sug‘urta jamg‘armasiga 20 milliard dollarga tushganini e’lon qildi.

SVB bankrot bo‘lganidan so‘ng, uning Britaniya filiali HSBC banki tomonidan ramziy bir funt sterlingga sotib olindi.

Kiritildi: 22:54 28.03.2023. O'qildi: 12418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!