Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” tuman filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning bosh mutaxassisi Z.I. 2020 yilning dekabr va joriy yilning yanvar oyida tuman dehqon bozorida o‘rnatilgan bankomatlardan jami 345,5 mln so‘m naqd pulni olishga erishib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, o‘zining ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Z.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:26 06.02.2021. O'qildi: 2563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!