Joriy yilning 26 sentyabr kuni Baku shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Turkiy Agroforum bo‘lib o‘tadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikning asosiy masalalari bo‘yicha yagona muhokama maydonini yaratishdan iborat.
🤝Agroforum doirasida TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar ishtirokida B2B uchrashuvlari o‘tkaziladi.
🖼 Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov ham ishtirok etib, ma’ruza bilan chiqish qilishi kutilmoqda.