Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi? (foto va video)

Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi?  (foto va video)

«Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida 1—4 noyabr kunlari xonanda Bahrom Nazarovning «Yuraksiz» deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Xonandaning navbatdagi yakkaxon konsert dasturida jurnalist Feruz Muhammad ham mehmon bo‘ldi.

Xonandaning so‘nggi vaqtlarda ommalashib borayotgan «Insofsiz» taronasi asl muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov ekanligi gap-so‘zlarga sabab bo‘layotgan edi.

Bahrom Nazarov ushbu qo‘shiqqa bir musofir yigitning hayoti aks etgan videoklip suratga oldirgan.

Asif Meherremov esa ushbu qo‘shiqqa klip ham ishlamagan, ammo ushbu tarona Youtube’da 7 milliondan ortiq tomosha qilingan.

Bahrom Nazarov o‘zining yakkaxon konsrert dasturida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremovni ham taklif qilib, bu qo‘shiqning muallifi u ekanligini barchaga ma’lum qildi.

2019 yilning sentyabr oyida muxlislarimizga taqdim qilingan ‘Insofsiz’ deb nomlangan qo‘shiqning muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov bo‘ladi. Bugun Asif Meherremov bilan sizlarga ushbu qo‘shiqni duet tarzida kuylab beramiz. Meni o‘g‘ri-o‘g‘ri deysizlar, ammo men har doim muallifdan so‘rab aytaman.

Bahrom Nazarov, xonanda

Dastur davomida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov Bahrom Nazarovning konsert dasturida «Gəl Gör» taronasini duet tarzida kuyladi. Ushbu duetni muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi. Bundan tashqari, xonanda «Gece-Gece» taronasini ham muxlislarga kuylab berdi.

Kiritildi: 14:42 04.11.2019. O'qildi: 3722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!