Bahorning quyoshli kunlari boshlandi. Yon-atrof yashil tusga kiryapti. Ammo bu davr allergik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlar uchun ba’zi qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
👩🏻⚕️ Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova mavsumiy allergiya, xususan, pollinoz kasalligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
💬 — Pollinoz asosan o‘simlik changchalari tufayli yuzaga keladi, — deydi mutaxassis. — U burun shilliq pardalari, yuqori nafac yo‘llari hamda ko‘z kon’yunktivaciga ta’cir o‘tkazadi.
🌱 Kasallikning ilk bosqichi mart oyi boshidan may oyi o‘rtalarigacha davom etadi. Ya’ni daraxtlar gullagan paytda bemorlarda xastalik qo‘zg‘aladi.
🍀 Ikkinchi bosqich may oyidan avgust boshigacha kuzatiladi. Bu davrda dala o‘tlari gullaydi.
🌾 Uchinchi bosqich boshoqli o‘simliklar gulga kirishi mavsumiga to‘g‘ri kelib, avgustdan noyabrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
🌳 Bahor oylarida chinor, sarv, qayin, eman, qayrag‘och, tol, qarag‘ay, qora terak, shumtol singari daraxtlarning gullashi ba’zi insonlarda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
🔎 Qolaversa, bu faslda havoda tarqalgan gulchanglar, chang va mog‘or miqdori ortishi tabiiy. Oqibatda aksirish, burun bitishi va qichishishi yoki ko‘p miqdorda oqishi, ko‘zlar shishishi, yoshlanishi hamda yo‘tal kabi alomatlar paydo bo‘ladi.
➡️ Shu bilan birga, teri ko‘chishi, qichishish, quruqlashish, qizarish va undagi qizg‘ish toshmalar ham xastalikka xos simptomlardir.
‼️Bunday vaziyatda, albatta, allergolog mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki o‘zboshimchalik bilan davolanish allergiyani kuchaytirishi yoki boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
🧪 Avvalo, bemorda kuzatilayotgan simptomlar allergiya belgisi ekanligini maxsus qon tahlili yordamida aniqlash lozim. IgE tecti — shulardan biri.
🔬 Bunday tekshiruv uchun hozir markazimizda yuqori tezlikka ega va bir vaqtning o‘zida 200 dan ortiq turdagi allergenlarni aniqlay oladigan avtomat immunoferment analizatori — “Alisei” qurilmasidan foydalanilmoqda. Tahlil javoblari chiqqach, natijalarga ko‘ra, muolajalar belgilanadi.
💫 Muassasamizda uzoq yillik tekshiruvlar hamda molekulyar allergodiagnostik test natijalari asosida O‘zbekiston hududiga xos gullash kalendari yangilandi. Bu esa qator mavsumiy allergik kasalliklar, jumladan, pollinozni aniqlash va davolashda yuqori samara bermoqda.