Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Bahodir Yalangto‘sh», «Ulug‘ Amir va donna Mariya», «Uch qahramon», «Epidemiya»: Toshkent xalqaro kinofestivalida milliy filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

A A A
«Bahodir Yalangto‘sh», «Ulug‘ Amir va donna Mariya», «Uch qahramon», «Epidemiya»: Toshkent xalqaro kinofestivalida milliy filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘yicha bugun, 29 sentyabr kuni «O‘zbekfilm» kinokonsernida press-brifing hamda milliy kinoloyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Press-brifingda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqib festival dasturi va tanlovlari bilan tanishtirdi. Shuningdek so‘nggi yillar kino sohasidagi yutuqlar tilga olinib, sohadagi islohotlar respublika prezidenti sayi harakatlari bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Joriy yilgi festivalga 52 davlatdan tashrif buyurgan 300 ga yaqin mehmon orasida rejissyor, aktyor va prodyuserlar bilan birga O‘zbekistonning ko‘plab ishonchli hamkorlari ham bor. Shuningdek, 30 ga yaqin davlatlar bilan xamkorlikdagi kinoloyixalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek festival davomida taniqli xorijiy va mahalliy kinoijodkorlar ishtirokida master klasslar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Quvonarlisi Respublika bo‘ylab festivalga taqdim etilgan filmlarning bepul namoyishlari bo‘lib o‘tishidir.

Press-brifingdan so‘ng milliy kinoloyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda rejissyor Jahongir Ahmedov suratga olayotgan «Bahodir Yalangto‘sh», Yolqin To‘ychiyevning «Ulug‘ Amir va donna Mariya», Abduhalil Mignorovning «Mening mahallam», Shohrux Rasulovning «Uch qahramon», Akrom Isakovning «Engilmas. Tokioga yo‘l» va Abutolib Adamkulovning «Epidemiya» filmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Festival tadbirlari, kinonamoyishlar va mahorat darslari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni tiffest.uz saytidan olishingiz mumkin.

Kiritildi: 13:58 29.09.2023. O'qildi: 1388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!