Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Bahodir Jalolov 2028-yilgi yozgi Olimpiadada qatnashishi mumkin” — Rahmatjon Ro‘ziohunov

“Bahodir Jalolov 2028-yilgi yozgi Olimpiadada qatnashishi mumkin” — Rahmatjon Ro‘ziohunov

O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunov ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning 2028-yilgi yozgi Olimpiadada ishtirok etish ehtimoli haqida gapirdi.

“Bahodir Jalolovni uchinchi Olimpiadada ko‘ramizmi yoki bu masala allaqachon yopilganmi?”, degan savolga Ro‘ziohunov shunday javob berdi:

“Hozircha aniq aytish qiyin. Yoshlar o‘sib kelmoqda, ularning orasida ham chempion bo‘lishni istaydiganlar bor. Ko‘p joylarda “Bahodir, yoshlarga yo‘l ber” degan gaplarni eshitganmiz. Ammo u hozir jahon chempionatida qatnashganida ham g‘olib chiqardi. Agar keyingi Olimpiadaga borsa, o‘sha yerda ham g‘alaba qozonishiga ishonaman. Bularning barchasi musobaqa yaqinlashganda hal bo‘ladi”, dedi murabbiy ZBS Podcast dasturida.

Ro‘ziohunovning ta’kidlashicha, Jalolov uchun terma jamoa eshiklari hali ham ochiq:

“Yo‘l yopilmagan. Nega yopilishi kerak? Professional bokschilar ham qaytib kelishlari mumkin”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Tokio–2020 va Parij–2024 Olimpiadalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Parijdagi g‘alabadan so‘ng u professional boksga o‘tishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 22:17 03.11.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!