Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bag‘dodda MIB bir oilaga quvonch baxsh etdi

Bag‘dodda MIB bir oilaga quvonch baxsh etdi

Yaxshi bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017 yildagi PF-5059-sonli Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi organlari zimmasiga energiya resurslari va ichimlik suvi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan. Farmon talabiga ko‘ra, jismoniy shaxslar foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarning har oyning 10-sanasiga qadar to‘lashlari lozimligi, aks holda iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yilishi va tarmoqqa qayta ulanish uchun eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.
Tabiiyki, joylarda kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalar ham borki, ular foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni Farmonda belgilangan muddatda to‘lay olishmayapti. Shu kabi oilalardan biri Bag‘dod tumani “Xitoy” qishlog‘ida yashab kelayotgan X.X.ning oilasi hisoblanadi. 
Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi davlat inspektori oxirgi marotaba X.X. oilasining elektr energiyasidan bo‘lgan qarzini hisob-kitob qilganida naqd 3,5 mln. so‘mni tashkil qilgan. Nachora, belgilangan tartibda X.X.ning yashash xonadoni elektr tarmog‘idan uzilgan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Biroq, Byuro xodimlari X.X.ni oilasini shunday tashlab qo‘ymasdan, u yashab kelayotgan manzilda mahalla faollari va aholi vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazishgan. Shu mahallada yashovchi “Chorchashma” fermer xo‘jaligi rahbari O.Isaqov hamqishlog‘ining muammosiga bee’tibor turmasligini bildirib, uning barcha qarzlarini o‘z zimmasini olgani holda 3,5 mln. so‘m qarzdorlik va 446 ming so‘m tarmoqqa qayta ulash to‘lovi jami 3 mln. 946 ming so‘mni to‘lab bergan.
Fuqaro X.X. kelgusida energiya resurslari uchun to‘lovlarni muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘lab borishini ma’lum qildi va o‘zi uchun “katta” hisoblangan muammo yechimi uchun Byuro xodimlari va homiyni uzoq duo qilib qoldi. Hozirda hayrli tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:21 24.01.2020. O'qildi: 2519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!