Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

BAAda eronliklar hibsga olindi

BAAda eronliklar hibsga olindi

Eron Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarining Islom Respublikasiga aloqador terrorchi guruhni fosh qilgani haqidagi da’volarini rad etdi va ularni asossiz deb atadi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi bu masala bo‘yicha izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, bunday asossiz ayblovlar qo‘yish va Eronga qarshi muhitni yaratish AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun javobgarlikdan e’tiborni chalg‘itolmaydi.

Tashqi ishlar vazirligi vakili mas’uliyatni boshqa tomonga o‘tkazishga qaratilgan bunday urinishlar mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlamasligini ta’kidladi va BAA hukumatini inson huquqlarini hurmat qilishga, qasoskor xatti-harakatlardan tiyilishga va yaxshi qo‘shnichilik tamoyiliga qaytishga chaqirdi.

20 aprel kuni BAA xavfsizlik kuchlari Eron bilan bog‘liq terrorchi guruhni fosh qildi. Uning a’zolari milliy birlikni buzishga qaratilgan operasiyalarda ishtirok etganlikda gumon qilinib hibsga olindi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!