Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

BAA yog‘ingarchilikni ko‘paytirish uchun olimlarni jalb etmoqchi

BAA yog‘ingarchilikni ko‘paytirish uchun olimlarni jalb etmoqchi

Birlashgan Arab Amirliklarida yog‘ingarchilikni ko‘paytirishga qaratilgan National Rain Enhancement Programme deb ataluvchi dasturning yangi bosqichi boshlandi. 

Gulf News nashrining xabar berishicha, mazkur dastur 2015 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda, uning asosiy maqsadi qurg‘oqchilikka qarshi yordam bera oladigan xalqaro olimlar va tadqiqotchilarni jalb etishdir. BAA Meteorologiya va seysmologiya milliy markazi tadqiqotlar uchun 5,5 million dirham (1,5 million AQSh dollari) ajratdi. Mazkur grant uch yilga taqsimlanadi. 

Markaz direktori Abdulloh al-Mandusning aytishicha, yangi tashabbus tabiiy yog‘ingarchiliklarni tadqiq qilish va ularni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi. 

O‘tgan yillarda BAA hukumati asosiy e’tiborni bulutni “ekish” – bulutga turli reagentlar jo‘natish orqali undagi mikrofizik jarayonlarni o‘zgartirish va yog‘ingarchilik miqdorini oshirish texnologiyasiga qaratdi. 

Kiritildi: 11:40 18.10.2020. O'qildi: 1925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!