Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda

BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida haydovchilik guvohnomalari o‘zaro tan olinishi to‘g‘risidagi bitim 2023 yilda imzolangan.

O‘zbekistonning elchixonasi rahbariyati Dubay rekruting biznes guruhi bosh kotibi, DULSCO Group rekruting kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahdi Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan xorijiy investisiyalarni jalb etish, yangi korxonalarni tashkil qilish orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, mamlakat fuqarolarini uyushgan holda va qonuniy tarzda xorijiy davlatlarga ishga yuborish, migrasiya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va boshqalar to‘g‘risida so‘zlab berildi. O‘zbekiston bozorlarida faol ishlaydigan rekruting kompaniyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham BAA tomoni e’tiboriga taqdim etildi.

Dubay rekruting biznes guruhi bosh kotibi O‘zbekiston bozoriga qiziqish mavjudligini va mamlakat fuqarolarini BAAda ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Mahdi Muhammad O‘zbekiston va BAA o‘rtasida haydovchilik guvohnomalari o‘zaro tan olinishi to‘g‘risidagi bitim 2023 yilda imzolanganiga e’tibor qaratib, tajribali haydovchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyati borligini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida mamlakatdan BAAga malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkiloti va Dubay rekruting biznes guruhi o‘rtasida hamkorlik bitimi loyihasini ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha kelishib olindi.

Kiritildi: 19:22 12.11.2024. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!