Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoyid Ol Nahyon O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi Aqqulov Abdulaziz O‘rolboyevichni uning elchilik muddati yakunlangani munosabati bilan Birinchi darajali Mustaqillik ordeni bilan mukofotladi.
Orden BAA davlat vaziri Said bin Muborak al-Hajariy tomonidan topshirildi. Al-Hajariy elchimizga yangi vazifalarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 24-dekabrdagi Prezident qaroriga ko‘ra, Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi.