BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 21 oktyabr kuni Rossiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda juma kuni Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.
U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boradi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni, jumladan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi vaziyatni ko‘rib chiqadilar.
BAA prezidenti Qozondagi BRIKS sammiti tadbirlarida ham ishtirok etadi.