Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

BAA kompaniyasi O‘zbekistonga kamyob dori vositalarini yetkazib bermoqchi

A A A
BAA kompaniyasi O‘zbekistonga kamyob dori vositalarini yetkazib bermoqchi

BAAning MBS Global Investments kompaniyasi tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib beradi, deya xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston diplomatlari ushbu kompaniya ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashdi. BAA vakili O‘zbekiston farmasevtika mahsulotlarni Julphar kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib berishga qiziqish bildirildi.

“Birinchi bosqichda tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.

Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar hamda O‘zbekistonda qabul qilingan xususiylashtirish dasturi bilan batafsil tanishish maqsadida noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.

Kiritildi: 09:50 14.10.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!