Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

BAA kompaniyasi Uchquduqda quvvati 1000 MVt bo‘lgan SHES quradi

BAA kompaniyasi Uchquduqda quvvati 1000 MVt bo‘lgan SHES quradi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Qayd etilishicha, mazkur elektr stansiya qurilish jarayonida 600-800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralari tejaladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun nafaqat iqtisodiy foyda, balki atrof-muhit himoyasi uchun ham katta ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Mazkur shamol elektr stansiyasini qurish orqali atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytirishga erishiladi.

Ushbu shamol elektr stansiyasi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, u O‘zbekistonga energetika xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini beradi.

Ma’lumot uchun, BAAning «Masdar» kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 497 MVtga teng bo‘lgan loyihalar – Zarafshon shamol elektr stansiyasi (500 MVt) hamda Karmana (100 MVt), G‘allaorol (220 MVt), Kattaqo‘rg‘on(220 MVt) va Sherobod (457 MVt) tumanlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirgan hamda Olot (250 MVt), G‘uzor (300 MVt) kabi yirik loyihalar doirasida ishlar olib bormoqda.

Kiritildi: 00:21 14.11.2024. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!