Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

BAA "Hizbulloh" va Eron bilan bog‘liq guruh hibsga olinganini e’lon qildi

BAA "Hizbulloh" va Eron bilan bog‘liq guruh hibsga olinganini e’lon qildi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rasmiylari Livan "Hizbulloh" harakati va Eron bilan bog‘liq guruhni zararsizlantirganini e’lon qilishdi.

Bu haqda WAM axborot agentligi BAA Davlat xavfsizlik idorasiga tayanib xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, operasiya davomida guruh a’zolari hibsga olingan.

"Davlat xavfsizlik idorasi Hizbulloh va Eron bilan bog‘liq guruhni yo‘q qildi va uning a’zolarini hibsga oldi", deyiladi bayonotda.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan materiallarga ko‘ra, hibsga olinganlar pul yuvish, iqtisodiyotga putur yetkazish va milliy xavfsizlikka tahdid solishda ayblanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!