Birlashgan Arab Amirliklari isroillik muhojir tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan Quddusdagi Al-Aqso masjidini to‘pga tutish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini keskin qoraladi.
Ushbu arab mamlakati Tashqi ishlar vazirligi bayonotida nasroniylarga qarshi qonunbuzarlik, jumladan cherkovlarga kirishni cheklash va jismoniy hujum uyushtirish tashabbuslari tanqid qilingan.
Vazirlik bunday repressiv amaliyot jiddiy oqibatlarga olib kelishi, mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Shuningdek, BAA islom va nasroniylar bilan bog‘liq muqaddas joylar to‘liq muhofaza qilinishini ta’minlash, xususan Al-Aqso masjidi atrofidagi ig‘vogarona amaliyotga chek qo‘yish zarurligini aytib, Isroilni keskinlik va beqarorlikni kuchaytiruvchi harakatdan tiyilishga chaqirgan.