Bugun 27 fevral, 2021 yil, shanba

КИР

«Aziz Rametov liftda tug‘ilgan». Saida Rametova lift bilan bog‘liq xotiralari haqida

«Aziz Rametov liftda tug‘ilgan». Saida Rametova lift bilan bog‘liq xotiralari haqida

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov unga liftda sevgi izhor qilgani, shuningdek, o‘g‘li Aziz Rametov ham liftda tug‘ilgani haqida gapirib berdi. U bu haqda «Baxtlimiz» ko‘rsatuviga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.

Aktrisa Saida Rametova yoshlik vaqti haqida gapirar ekan, unga ko‘plab yigitlar oshiq bo‘lgani, ko‘pchiligi uni mensimaydigan qiz deb o‘ylagani haqida gapirgan.

«Oliygohda o‘qib yurgan paytimda juda ko‘pchilik menga havas qilgan. Uylanadigan yigitlar ko‘p bo‘lgan. Hamma yigitlar ‘bu qiz juda kalondimog‘, hech kimni mensimaydigan, hammaga yo‘q-yo‘q deb javob beradiʼ deyishgan. O‘zlari (Jumadulla Rametov) ham o‘qishni bitirsam, aktrisa qizga uylanmayman, deb yurgan ekanlar. Men haqimda eshitgandan so‘ng shunaqami u, ana ko‘rasizlar, bu qizga men uylanaman, degan ekanlar», — deydi aktrisa.

Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov liftda sevgi izhor qilgani, 1988 yilda o‘g‘li Aziz Rametov ham liftda tug‘ilgani haqida aytib berdi.

«Aktyorlar yashaydigan joyda yashaganmiz. U yerda ko‘plab aktyorlar yashagan. Men 9-qavatda yashar edim, Jumadulla esa 7-qavatda turgan. Asosiy sevgimiz o‘sha yerda boshlangan. Men o‘qib yurganimda hech kimga qaramaganman. Esimda bor, liftga chiqqanimda ortimdan chiqib olgan. Liftdan tushishimga qo‘ymagan. Shu vaqtda ular menga sevgi izhor qilib, uylanishini aytganlar. 1988 yilda ikkinchi farzandim Aziz Rametov liftda tug‘ilgan. Shu sababdan yaxshi taqdirlarim lift bilan bog‘liq deb aytaman», — deydi Saida Rametova.

Manba: Teznews.uz

 

Kiritildi: 05:30 22.01.2021. O'qildi: 2741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!