Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi

Ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga kabinet mudirligi uchun har oy 525 ming so‘m qo‘shimcha haq to‘lanadi.

O‘zbekistonda fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming so‘m) kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Kiritildi: 12:00 07.09.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!