Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ayrim transport vositalaridan 2022 yil oxiriga qadar utilizasiya yig‘imi undirilmaydi

Ayrim transport vositalaridan 2022 yil oxiriga qadar utilizasiya yig‘imi undirilmaydi

“Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (665-son, 29.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 31 dekabrgacha quyidagilarga utilizasiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi:

👉 yuk tashish uchun mo‘ljallangan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);

👉 yuk tashish uchun mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);

👉 haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).

Shuningdek. endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizasiya yig‘imi undirilmaydi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
 

Kiritildi: 16:51 30.10.2020. O'qildi: 1780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!