Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ayrim banklarda dollar kursi 11 205 so‘mga ko‘tarildi

A A A
Ayrim banklarda dollar kursi 11 205 so‘mga ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 15 mart, seshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.

Ertalab aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 000—11 020 so‘m oralig‘ida sotib olgan va 11 090 so‘mdan sotgan bo‘lsa, hozirda kurs 11 205 so‘mga chiqib ketgan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • «Davrbank»: sotib olish — 11 150 so‘m, sotish — 11 205 so‘m.
  • «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Hamkorbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Turonbank»: sotib olish — 11 095 so‘m, sotish — 11 205 so‘m;
  • «Mikrokredit bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Kapitalbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 160 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3 martdan buyon ko‘tarilib kelayotgandi. 11 mart kuni esa dollar kursi birinchi bor 11 010 so‘mgacha ko‘tarildi.

Kiritildi: 14:49 15.03.2022. O'qildi: 2540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!