Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ayol kishiga musht otish sahnasini uyushtirgan bloger javobgarlikka tortildi

A A A
Ayol kishiga musht otish sahnasini uyushtirgan bloger javobgarlikka tortildi

Avvalroq, Instagram'da faoliyat olib boruvchi bloger biri sevgan yigiti bilan tortishayotgan qizni mush urib yiqitgani aks etgan videosi keng tarqalib, tanqidlarga sabab bo‘ldi. Farg‘ona viloyati IIB xabariga ko‘ra, u mazkur video sabab javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, mazkur video tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi sahnalarni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topilgan. Holat yuzasidan IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

"Instagram sahifamga bir video joylagan edim. Bu video javobgarlikka tortilisha asos bo‘lar ekan. Qilgan ishimdan pushaymonman. Qolganlarga ham bu ishni qilmaslikni maslahat beraman", - deydi bloger.

Mazkur bloger shaxs MJtKning 189 prim 1-moddasi bilan aybli deb topilgan va shu moddaga asosan javobgarlikka tortilgan.

Kiritildi: 22:04 29.01.2024. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!