Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Toshkentda Xalqaro avtomobil federasiyasining (FIA) yil yakunlariga bag‘ishlangan tarixiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu nufuzli marosim Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston yirik xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazib kelayotgani tufayli sport olamida mamlakatimizning o‘rni sezilarli darajada mustahkamlanmoqda. FIA marosimining Toshkentda o‘tkazilishi ham aynan shu ishonch va obro‘ning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Bu yilgi taqdirlash marosimi o‘ziga xos tashkil etilib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha chempionlik mashinalarining asl nusxalari Toshkentga olib kelindi. Marosim davomida turli yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etgan poygachilar va jamoalar tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Avtosport olamining eng kuchlilari Toshkentda taqdirlanishdi

Kiritildi: 14:08 13.12.2025. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!