Gras shahri polisiyasi xabariga ko‘ra, gumonlanuvchining uyida ishlamaydigan qo‘lbola bomba, vafotidan oldingi xati va videosi topilgan.
Seshanba kuni Avstriyadagi o‘rta maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida 10 kishi, jumladan hujumni uyushtirgan odamning o‘zi ham halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohat oldi. Bu mamlakat zamonaviy tarixidagi eng qonli hujum bo‘ldi.
Hujumni amalga oshirgan 21 yoshli yigit ushbu maktabning sobiq o‘quvchisi bo‘lgan. U hujumdan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Uning harakatlariga nima turtki bo‘lgani noma’lum, shuningdek, hukumat hozircha uning ismini oshkor qilmagan.