Vladimir Zelenskiy Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni butunlay keyinga qoldira olmaydi, dedi Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylarining jangovar harakatlar davrida ovoz berishdan bosh tortishini muammo deb atash mumkin.
“Menimcha, bu muammoli. Men keyinga qoldirilganini tushunaman, lekin biz saylovlarni abadiy qoldira olmaymiz”, dedi vazir Presse gazetasiga bergan intervyusida.