Avstriya Davlat xavfsizlik va razvedka boshqarmasi (DSN) Rossiyaning mamlakatda keng ko‘lamli dezinformasiya kampaniyasi fosh etilgani haqida xabar berdi. Maxsus xizmat uning maqsadi "Ukraina zarariga va Rossiya foydasiga jamoatchilik va siyosiy fikrlarni manipulyasiya qilish" bo‘lganini ta’kidladi.
DSN 2024 yil oxirida josuslikda gumon qilingan Bolgariya fuqarosining elektron qurilmalarini tahlil qilish chog‘ida ushbu razvedka operasiyasi haqida ma’lumot olgan. Razvedka boshqarmasining versiyasiga ko‘ra, josuslik guruhi keng ko‘lamli Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan bir necha hafta o‘tgach faollashgan. U nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda yolg‘on ma’lumot tarqatish harakatini rejalashtirgan.
Tashviqot ishtirokchilari internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, varaqlar va graffiti yopishtirish bilan shug‘ullangan, deyiladi DSN xabarida.
Xavfsizlik xizmatining ta’kidlashicha, gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan qurilmalar va u yerdan topilgan yozishmalar tahlili Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan tuzilmaning harakatlari batafsil rejalashtirilganini ko‘rsatgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi "aloqada bo‘lib turgan shaxs" bo‘lgan. U 2022 yildan beri ushbu tashkilotda ishlaganini tan oldi.