Restoran ma’muriyati hattoki sayyohlar uchun bir necha tilda ogohlantirish yozuvlarini ilib chiqqan bo‘lsa-da, mehmonlar ham, hayvonlar ham buni e’tiborsiz qoldirmoqda.
Kvokkalar o‘zlarining yoqimtoy ko‘rinishi bilan tashrif buyuruvchilardan yegulik so‘rashga o‘rganib qolgan va muntazam ravishda ichkariga "hujum" qilmoqda.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, insonlar iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar bu yovvoyi hayvonlar uchun haqiqiy zahar hisoblanib, ularning organizmiga jiddiy zarar yetkazadi.