Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan yong‘in hodisasi oqibatlari global yoqilg‘i bozoriga ta’sir qilishi mumkin, deb zxabar bermoqda BBC.
Gap mamlakatdagi neft mahsulotlarining 10 foizigacha bo‘lgan qismini ta’minlaydigan korxona haqida bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan portlashdan so‘ng zavod quvvatlarining bir qismi to‘xtatilgan.
Bu esa yetkazib berish zanjirida uzilishlar xavfini yuzaga keltiryapti. Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida mazkur hodisa jahon yoqilg‘i bozoriga bosimni kuchaytiradi va narxlarning tezroq ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozadi BBC.