Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Kerns shahridagi mehmonxona bilan vertolyotning to‘qnashuvi oqibatida kamida ikki kishi jabrlandi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda .
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, binoda bo‘lgan ikkala jabrlanuvchi ham yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan va hozir ularning ahvoli barqaror. Mehmonxonaning qolgan mehmonlari evakuasiya qilindi va yaqin atrofdagi muassasaga joylashtirildi. Vertolyot bortidagi odamlar soni va ularning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Halokatga uchragan vertolyot modeli ham noma’lum.
Guvohlar to‘qnashuvdan so‘ng portlash sodir bo‘lganini, vertolyotning ba’zi qoldiqlari mehmonxona hovuziga tushganini ma’lum qilgan. Kvinslend tez tibbiy yordam xizmati yer yuzida qurbonlar yo‘qligini aytdi.
Hodisa sabablari hali aniqlanmagan. Avstraliyaning transport xavfsizligi byurosi tergov boshladi.