Tasmaniyadagi plyajda 150 dan ortiq mayda qotil kitlar o‘zini quruqlikka uloqtirdi.
“Hozir qutqaruvchilar hayvonlarga yordam berishga harakat qilmoqda, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ulardan 100 ga yaqini hamon tirik. Biroq bu joyning borish qiyinligi, okean holati va maxsus texnika yetkazib berishdagi muammolar tufayli ularga yetib borish qiyin”, — deya xabar bermoqda mahalliy ABC telekanali.
Qotil kitlar delfinlar oilasiga mansub sut emizuvchilar bo‘lib, uzunligi 6 metr, vazni 2 tonnaga etadi. Ular 48 soatdan ortiq suvsiz qolishi mumkin.