Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Avstraliyada 160 ming dollarlik oltin topildi

Avstraliyada 160 ming dollarlik oltin topildi

Arzon metall detektori bilan qurollangan avstraliyalik 240 ming Avstraliya dollari (160 ming AQSh dollari) qiymatidagi oltin bo‘lgan 4,6 kg tosh topdi, deya xabar beradi BBC News.

Ismini oshkor etishdan bosh tortgan omadli odam qimmatbaho topilmani 1800 yillarda Avstraliyada oltin shov-shuvi hukm surgan Viktoriya oltin konlarida topdi.

Oltin sotuvchisi Darren Kamp, oltin tosh namunasini baholagan va sotib olgan, bu uning 43 yillik faoliyati davomida ko‘rgan eng katta oltin namunasi ekanligini aytdi.

«Men hayratda qoldim... Bu hayotda bir marta topiladigan topilma», dedi u BBC Newsga.

Hammasi bo‘lib 4,6 kg toshda 83 unsiya yoki taxminan 2,6 kg oltin mavjud.

Kampning so‘zlariga ko‘ra, oltin bo‘lagini topgan erkak uni sotishdan tushgan mablag‘ni oilasiga sarflamoqchi.

Avstraliya dunyodagi eng katta oltin zahiralariga ega va dunyodagi eng yirik oltin toshlarning ko‘pchiligi mazkur mamlakatda topilgan.

Foto: DARREN KAMP

Kiritildi: 20:31 29.03.2023. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!