Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penni Vong matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Vongning so‘zlariga ko‘ra, Sadegi va yana uch nafar eronlik diplomat yetti kun ichida Avstraliyani tark etishi kerak. Bundan tashqari, Avstraliyaning Tehrondagi elchixonasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Vazirning ta’kidlashicha, Kanberra Eron bilan “ba’zi diplomatik aloqalarni” saqlab qolish niyatida.
Avstraliya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron “Avstraliyadagi yahudiy jamiyatiga qarshi antisemit hujumlar ortida turibdi”. Ta’kidlanishicha, Eron Melburndagi sinagoga va Sidneydagi kosher restoraniga qilingan hujumlarga aloqador hisoblanadi.