AQShning Eron bilan to‘qnashuvdagi aviasiya yo‘qotishlari Trampning "g‘alaba" haqidagi bayonotlariga putur yetkazyapti, deb yozdi Bloomberg.
Eron kuchlari Qo‘shma Shtatlarning F-15E qiruvchisi hamda A-10 Warthog hujumchi samolyotini urib tushirdi.
Nashrning yozishicha, bu voqealar Donald Trampning AQSh Eron osmonida to‘liq hukmronlik qilayotgani haqidagi bayonotlaridan bir necha kun o‘tib yuz bergan. Bunday yo‘qotishlar prezidentning urushda amalda g‘alaba qozonilgani haqidagi nutqini shubha ostiga qo‘yyapti va uning siyosiy mavqeiga xavf tug‘dirmoqda.
"Bu Eronning qo‘lida hali ko‘plab "ustunliklari" borligi va ulardan foydalanishda davom etayotganining yana bir tasdig‘idir. Bu biz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi aniq", — dedi iste’fodagi amerikalik general Stiv Anderson.
Sobiq kongressmen Adam Kinzingerning fikricha, endi Tramp uchun amerikaliklarni "Eron to‘liq tor-mor etildi" deb ishontirish ancha qiyin bo‘ladi.