Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Aviakompaniyalar husiylarning raketa hujumidan so‘ng Isroilga parvozlarni to‘xtatmoqda

Aviakompaniyalar husiylarning raketa hujumidan so‘ng Isroilga parvozlarni to‘xtatmoqda

Aviakompaniyalar husiylarning raketa hujumidan so‘ng Isroilga parvozlarni to‘xtatmoqda.

Lufthansa Airlines, Swiss, Austrian Airlines, Brussels Airlines, Eurowings, United Airlines, ITA, Air France, Brussels Airlines, Air India, Air Canada, TUS Airways, Transavia, Air Europa va WizzAir aviakompaniyalari Isroilga yakshanba kungi parvozlarni bekor qilinganini e’lon qilgan. Aviakompaniyalar, shuningdek, Isroil orqali parvozlarni ham to‘xtatishdi.

Ma’lum qilinishicha, Air India aviakompaniyasining Dehlidan uchgan reysi Iordaniya ustidan Dehliga qaytgan, Transavia reysi esa Isroilga qo‘nishidan yarim soat oldin Rodosga yo‘naltirilgan.

Isroil ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Yamandan husiylar tomonidan uchirilgan ballistik raketa aeroportning 3-terminaliga olib boruvchi yo‘ldan o‘nlab metr uzoqlikda qulagan.

Kiritildi: 17:22 04.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!