Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO Arktikaga qadam tashladi: Norvegiyada yangi harbiy markaz ochilishi e’lon qilindi

NATO Arktikaga qadam tashladi: Norvegiyada yangi harbiy markaz ochilishi e’lon qilindi

Norvegiya harbiy-havo kuchlarining Budyo shahridagi aviabazasida NATOning Arktikadagi havo operasiyalarini boshqarish bo‘yicha yangi markazi joylashtiriladi, deb yozadi Le Monde gazetasi.

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorening so‘zlariga ko‘ra, joylashuv tanlovi qutb doirasidan tashqarida joylashgan Budyo shahriga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, bo‘lajak markaz vaziyatni kuzatish va alyansning mintaqadagi harbiy havo operasiyalarini o‘tkazish uchun javob beradi.

Nashrning yozishicha, Norvegiya rasmiylari bu loyihani Moskvaning Arktikada o‘z ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha harakatlari fonida e’lon qilgan.

NATOning bunday markazlari allaqachon GFR va Ispaniyada mavjud.

Kiritildi: 17:08 20.05.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!