Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Atletiko Madrid» futbol klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini ilgari surdi

«Atletiko Madrid» futbol klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini ilgari surdi

Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi.

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

«Atletiko Madrid» futbol klubi vise-prezidenti Inigo Aznar O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ‘ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi.

«Atletiko Madrid» klubi rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:31 25.01.2021. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!