Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Atirgul» ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

«Atirgul» ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qiz jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Atirgul» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ijodiy tanlov jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning kasbiy mahorati, ijodiy izlanishlari va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Taqdirlash marosimida «Atirgul» ko‘rik-tanlovining 12 ta nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

Tanlov davomida jurnalist ayollarning turli janr va yo‘nalishlardagi ijodiy ishlari nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, mazmuni, dolzarbligi, kasbiy mahorati va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan materiallar alohida e’tirof etildi.

Tadbirning yana bir muhim jihati — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga a’zolik guvohnomalari ham tantanali ravishda topshirildi.

Bu, o‘z navbatida, jurnalistlar safining yangi ijodkorlar bilan kengayib borayotgani, ularning professional birdamlik va hamkorlikka bo‘lgan intilishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda jurnalistika sohasi tezkorlik, chuqur tahlil, zamonaviy texnologiyalar va yangicha ijodiy yondashuvni talab etmoqda. Bu jarayonda xotin-qiz jurnalistlarning o‘ziga xos nigohi, ijtimoiy masalalarni yoritishdagi faolligi va ijodiy salohiyati alohida ahamiyat kasb etadi.

«Atirgul» ko‘rik-tanlovi ana shu salohiyatni yuzaga chiqarish, jurnalist ayollarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va yangi ijodiy loyihalar uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Tanlov nafaqat g‘oliblarni aniqlash uchun, balki jurnalist ayollarni birlashtirish, ularning o‘zaro tajriba almashishi, kasbiy va ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun muhim maydon sifatida ham ahamiyatlidir.

Zero, jamiyatdagi muhim jarayonlarni xolis va ta’sirchan yoritib kelayotgan ayol jurnalistlarning mehnati, izlanishi va fidoyiligini e’tirof etish — jurnalistika taraqqiyotiga berilgan munosib bahodir.

«Atirgul» — ayol jurnalistlarning iste’dodi, jasorati, mahorati va ijodiy izlanishlariga berilgan e’tirof!

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!