Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida 14-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.
Bu haqda BAAning “The National” nashri xabar bermoqda.
Nashrning Suriya TIVdagi manbasiga ko‘ra, Ar-Riyod Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi sammiti doirasida Tramp va al-Shara o‘rtasida 45 daqiqalik uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.