Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«Asaka bank» xodimlari tadbirkor va fuqarolar nomiga bir necha yuz million so‘mlik kredit rasmiylashtirib, bankni «uxlatgani» ma’lum bo‘ldi

«Asaka bank» xodimlari tadbirkor va fuqarolar nomiga bir necha yuz million so‘mlik kredit rasmiylashtirib, bankni «uxlatgani» ma’lum bo‘ldi

«Asaka bank»ning Oltiariq filiali kredit bo‘limi sobiq boshlig‘i xususiy tadbirkorlar nomidan soxta hujjat tayyorlab, 600 million so‘m kredit pullarini olib, ularni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Asaka bank»ning Oltiariq filiali kredit bo‘limi sobiq boshlig‘i O.O., 3 (uch) nafar xususiy tadbirkorning nomidan soxta hujjatlar rasmiylashtirib, ularga ajratilgan 600 million so‘m kredit mablag‘larini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborib, tadbirkorlarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Shuningdek, ushbu filialning kredit bo‘limi sobiq mutaxassisi S.N., tumanda yashovchi fuqarolar nomidan 11 ta soxta hujjat tayyorlab, 177,8 million so‘mlik imtiyozli kreditlarni ajratib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura departamenti Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan «Asaka bank» Oltiariq filiali kredit bo‘limi sobiq boshlig‘i O.O. hamda kredit bo‘limi sobiq mutaxassisi S.N. larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgan.

Kiritildi: 17:40 03.09.2019. O'qildi: 2986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!