«Hokimiyatdan charchagan» suriyalik zolim Bashar Assad o‘g‘li Hofiz Asadning timsolida siyosiy voris tayyorlayotgan edi.
Bu haqda Washington Post yozdi.
«Ko‘pchilik siyosatshunoslar Bashar allaqachon siyosatdan charchagan va prezidentlikni o‘z o‘g‘liga topshirishiga amin edi», deb yozadi gazeta.
Ma’lumki, Suriya diktatorining to‘ng‘ich o‘g‘li va vorisi Hofiz Asad Moskvada tahsil olgan va 29 noyabr kuni muxolifat kuchlarining Halabga hujumi avjida bo‘lganida u matematika fanidan doktorlik dissertasiyasini «muvaffaqiyatli himoya qilgan».