Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Asad va uning oilasiga boshpana berish qarorini Putin qabul qilgan

A A A
Asad va uning oilasiga boshpana berish qarorini Putin qabul qilgan

Bashar al-Assad va uning oilasiga siyosiy boshpana berish qarorini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy PeskovBir kun avval TASS Kremldagi manbaga tayanib . Suriyaning sobiq prezidenti va uning oila a’zolari Moskvaga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, Peskov hozirda Asadning qayerda ekanligi haqida jurnalistlarga aytadigan gapi yo‘qligini va u bilan uchrashuv Putinning rasmiy dasturiga kiritilmaganini qo‘shimcha qildi.

U, shuningdek, Kreml Assadga Rossiyadan boshpana berish to‘g‘risida rasmiy bayonot berishi «mutlaqo keraksiz» ekanini ta’kidladi. «Biz buni qilishimiz shart emas», dedi u.

Umuman Suriyadagi vaziyat haqida gapirar ekan, Peskov u yerda sodir bo‘lgan voqea «butun dunyoni hayratda qoldirgani» va Kreml «bu holatdan istisno emasligini» aytdi. Putin matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Suriya «beqarorlik bilan bog‘liq juda og‘ir davrni» kutmoqda, biroq Kreml «Suriya ishlari bo‘yicha» barcha mintaqa davlatlari bilan muloqotni davom ettiradi.

Kiritildi: 15:50 09.12.2024. O'qildi: 3004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!