Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng faqat ikki mingga yaqin suriyalik Germaniyadan vatanga qaytdi

Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng faqat ikki mingga yaqin suriyalik Germaniyadan vatanga qaytdi

2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag‘darilganiga qaramasdan, suriyalik qochqinlarning mutlaq ko‘pchiligi hali ham Germaniyada qolmoqda. Germaniyaning Migrasiya va muhojirlar ishlari bo‘yicha Federal idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yashovchi 955 ming nafar suriyalikdan faqat 1867 kishi joriy yilning sakkiz oyi mobaynida Suriyaga qaytgan. Shu bilan birga, o‘n minglab suriyaliklar Germaniya fuqaroligini olgan.

Mutaxassislar bu holatni Suriyadagi og‘ir vaziyat bilan izohlashmoqda: infratuzilmaning vayrona bo‘lishi, bank tizimining ishlamasligi va ozchiliklar uchun xavfsizlikning yo‘qligi qayd etilmoqda.

«Suriya iqtisodiyoti tuban holatda. Bank tizimi ishlamayapti. Suriyaliklar hozirda haftasiga faqat 60 dollar yechib olishi mumkin. Elektron to‘lov tizimlari yo‘q. Mamlakatda to‘liq ishlaydigan huquqiy tizim ham hali yo‘q. Xavfsizlik hissi esa juda past», — dedi BILD nashriga Blijniy Sharq bo‘yicha ekspert Nasif Naim.


Shu bilan birga, Germaniyadagi XDS (Xristian-demokratik ittifoq) partiyasi vakillari qochqinlarni tezroq qaytarish zarurligini talab qilmoqda. Deputatlar Aleksandr Trom va Mark Xenrixmanning fikricha, Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng qochqinlik uchun asosiy sabab yo‘qolgan.

«Germaniyada qolish uchun iqtisodiy manfaatlar Suriyani tiklashda ishtirok etishdan ustun bo‘lmasligi kerak. Lekin bu shuni ham anglatadiki, biz joylarda vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishimiz, tiklash jarayonini qo‘llab-quvvatlashimiz va xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishimiz kerak», — dedi Xenrixman.

Kiritildi: 18:28 09.09.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!