Suriyaning janubiy hududida joylashgan As-Suvayda viloyatidagi to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 940 nafarga yetdi. Bu haqda Syria Human Rights Observatory ma’lumotiga tayanib, The Times of Israel nashri orqali "Report" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiy harakatlar to‘xtatilgani haqidagi rasmiy e’longa qaramay, o‘tgan hafta oxiridan buyon qurbonlar soni keskin oshgan.
Hisobotga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida:
326 nafar druz jangarilari;
262 nafar tinch aholi vakillari, shulardan 182 nafari Suriya Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan "maqsadli qatl qilingan";
312 nafar davlat xavfsizlik xizmatchilari;
21 nafar badaviy arab, ulardan uch nafari druzlar tomonidan "jadal ravishda qatl qilingan" tinch fuqarolar ekani aytilmoqda;
Shuningdek, 15 nafar askar Isroil havo hujumlari oqibatida halok bo‘lgan.
Hodisalar Suriyadagi millatlararo ziddiyatlar, tashqi aralashuv va mintaqaga xos murakkab siyosiy vaziyat fonida kechmoqda.