Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi

Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi

Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i, Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasinaka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan no’ananaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keldi. Topilmaning suyak tuzulishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushirdi.

-Xozir yashayotgan xonadonimiz 1969 yilda markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan,- deydi To‘xtasin aka. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzodga taxmin qila olmadim va (odatda qishloqda shunday qilinadi) qo‘shnilarni chaqirdim. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha,dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...

Kotedjlar barpo qilinkuga qadar bu yerlar yaydoq cho‘l yerlari bo‘lgan. Giyoh ham o‘smagan. Bizniki kabi xonadonlar qurilish qonun qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan bo‘lishi mumkin, degan fikrdaman.

Bir qarashda, dumini xisobga olmaganda,qoldiqlar kenguruni,tuyaqushni eslatadi. Oyoqlarigavdasiga nisbatan baquvvat, uzunkurinishga ega. Biroq qadimda bizning yerlarda bu hayvonlar yashamaganu? Umurtqa pog‘onasi va qovurg‘a qismi qo‘ysimon hayvonlarga aloqador. Bo‘yin qismi esa parrandani eslatadi.

Shu joyda asossiz taxminlarni to‘xtatayligu, bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurga o‘xshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy farazlarni butunlay o‘zgartirib yuborar. Nima deysiz?!

Manba: xs.uz

Kiritildi: 11:42 14.02.2019. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!