Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

A A A
Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yilning 1 mart kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlandi.

10 mart kuni esa ana shu tadbir doirasida Yashnobod tumanidagi Texnopark majmuasida «Yashil makon» shiori ostida Manzarali daraxtlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Toshkent shahar hokimligi va Shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada ushbu sohada faoliyat olib borayotgan mahalliy hamda xorijiy malakali mutaxassislar daraxtlarni tanlashda va ekishda qanday omillarga e’tibor berish kerakligi, shaharga qanday daraxtlar ekilishi ma’qulligi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Shuningdek, Artel kompaniyasi rahbariyati ham so‘zga chiqib, kompaniya 4000 ta yangi daraxt o‘tqazishni maqsad qilganini va buni o‘zining korporativ ijtimoiy mas’uliyati deb bilishini ta’kidladi.

Tadbir davomida kompaniya rahbariyati va xodimlari Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasida bir nechta daraxt ekish ishlarini amalga oshirdilar. Bu jarayonga kompaniyaning 300 ga yaqin ishchisi jalb qilindi.

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdiArtel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Artel kompaniyasi «Yashil makon» — Toshkent shahar manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi

«Yashil yillik» tadbiri doirasida 10-20 mart kunlari shahrimizning markaziy, aholi gavjum ko‘chalari bo‘ylab 10 000 dona manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Bu jarayon mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar nazorati ostida, ommaviy axborot vositalari vakillar ishtirokida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, «Yashil makon» umummilliy loyihasi 2021 yil noyabrda e’lon qilinib, 200 mln tup daraxt ko‘chati ekish rejalashtirilgan edi. Kuzda 85 mln dona ko‘chat o‘tqazildi. Ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik bu savobli ishda jonbozlik ko‘rsatdi. Bu yil bahor mavsumida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish mo‘ljallanmoqda.

Kiritildi: 22:00 10.03.2022. O'qildi: 3176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!