Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Ma’lumki, 2022 yil 20 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik natijasida Jizzax viloyati, Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida sel kuzatilib, bir qancha xonadonlar jiddiy zarar ko‘rgan edi. Birdamlikka o‘rgangan saxovatpesha insonlar yurtimizning turli hududlaridan yordamga oshiqdi. Jumladan, bu jarayondan Artel kompaniyasi ham chetda qolmadi.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Kecha, 12 sentyabr kuni “Egizbuloq” mahallasida barpo etilgan 28 xonadon egalariga Artel kompaniyasining saxovat karvoni yetib bordi. Har bir xonadon egasiga kompaniyaning maxsus sertifikati, ya’ni 6 mahsulotdan iborat maishiy texnika to‘plamlari sovg‘a qilindi. Xususan, to‘plam — sovitkich, gaz plitasi, kir yuvish mashinasi, televizor, changyutkich va dazmolni o‘z ichiga olgan.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Tadbirda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov, tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Xolmat Mamatov hamda Artel kompaniyasi rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, Artel kompaniyasining Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha departament direktori Lazizbek Mamatov aholini shinam va ko‘rkam, zamonaviy qurilgan uylar bilan qutlab, ularga kompaniya sovg‘asini topshirdi.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

“Xalqimiz azaldan birdamligi, jipsligi bilan e’tirof etiladi. Aynan bugungi Forish tumanida bunyod etilgan uy-joylarning misolida ham davlat idoralari, tashkilot va yirik ishlab chiqarish korxonalarining birdamligi, homiyligi, aholini bevosita qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rish mumkin. Bu jarayon jahon tajribasida korporativ ijtimoiy mas’uliyat – tashkilot va korxonalarning daromad olishi bilan birga, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi, deyiladi, — deydi HR bo‘limi rahbari Lazizbek Mamatov. — Kompaniyamiz xayriya ishlari bilan azaldan shug‘ullanib kelgan. Inson qadrini ulug‘lash, aholi turmush tarzining yengillashishida ko‘mak berish, qolaversa, ilm-fan, sport, kitobxonlik va bir qancha ijtimoiy ko‘mak jarayonlarida kamarbasta bo‘lib turishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bugungi xayriyalarimiz ham oilalarning yangi uylariga to‘yona bo‘ladi degan umiddamiz”, — deydi u.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Tadbirda, mehnat faxriylari Zulayho Pardayeva, Safar Soibovlar so‘zga chiqib, saxovat ishlarida o‘z ko‘magini ayamagan insonlarga minnatdorlik bildirdi. Tadbir so‘nggida Artel kompaniyasi jamoasi a’zolari xonadonma-xonadon kirib, maishiy texnika vositalarini uy egalariga topshirishdi.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi
Eslatib o‘tamiz, Artel Markaziy Osiyoning eng yirik maishiy texnika va yelektronika ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini 2011 yilda gaz plitalarini ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugungi kunda Artel kompaniyasi xonadoningiz uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi maishiy texnikalarni ishlab chiqaradi.

Artel kompaniyasi egizbuloqliklarga saxovat karvonini yubordi

Kiritildi: 22:53 13.09.2022. O'qildi: 2628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!