Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Artel kompaniyasi "alohida soliq imtiyozlari" borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi

A A A
Artel kompaniyasi "alohida soliq imtiyozlari" borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Artel kompaniyasiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatlar kuzatilmoqda. Jumladan, ayrim manbalar internet tarmoqlaridagi asossiz ma’lumotlarga tayanib, jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmoqda. Ya’ni kompaniyaga maxsus soliq imtiyozlari berilgani ta’kidlangan.

Artel kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda muhokamaga sabab bo‘lgan ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi:

"Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarda hozirgi kunda 10 mingdan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi. Ularning 2021 yil uchun yillik daromadi 386 mlrddan oshgan.

2020 yil uchun kompaniya to‘lagan soliq va majburiy to‘lovlar davlat budjetiga tushgan jami soliq tushumlarining 0,6 foizini tashkil etgan (103,6 trln.dan 0,63 trln.so‘m).

2021 yilda davlat va mahalliy budjetga 699 mlrd so‘mdan ortiq soliq va bojxona to‘lovlari amalga oshirilgan.

Kompaniya 2020 yilda 80 million AQSh dollari va 2021 yilda 100 million AQSh dollari miqdorida eksportni amalga oshirdi.

2022 yildagi soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar natijasida Artel kompaniyasi uchun mol-mulk soliq hisoblash bazasi 2.1 barobarga ortdi.

Elektrotexnika sohasini rivojlantirish uchun O‘zeltexsanoat tarkibiga kiruvchi va elektrotexnika sanoatining barcha ishlab chiqaruvchilari muayyan soliq imtiyozlariga ega. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2021 yildagi PQ-5011-sonli Qarorida ko‘rsatilgan imtiyozlardan Artel kompaniyasi O‘zeltexsanoat tarkibiga kiruvchi 100 dan ortiq korxonalar bilan teng huquqda foydalanadi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida Artel kompaniyasi uchun maxsus yoki alohida tartibda imtiyozlar berilmagan", deyiladi rasmiy munosabatda.

Artel kompaniyasi "alohida soliq imtiyozlari" borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi

Kiritildi: 18:34 17.01.2022. O'qildi: 4592 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!