Londonning «Arsenal» klubi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida Madridning «Atletiko» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindagi yagona gol 44-daqiqada maydon egalari hujumchisi Bukayo Saka tomonidan kiritildi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida zafar quchgan «kanonirlar» o‘z tarixida ikkinchi marotaba nufuzli musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi «Arsenal» hal qiluvchi bahsda «PSJ» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda parijliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob uchrashuvi bugun, 6 may kuni Myunxendagi «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsum finali 30 may kuni Budapeshtdagi (Vengriya) «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi.
«ARSENAL» (Angliya) — «ATLETIKO» (Ispaniya) — 1:0
(Umumiy hisob — 2:1)
Gol: Bukayo Saka 45 (1:0).
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafyori (Inkapye, 58), Uayt, Rays, Lyuis-Skelli (Subimendi, 74), Eze (Edegor, 59), Trossar (Martinelli, 83), Saka (Madueke, 58), Dyekeresh.
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Le Norman (Molina, 57), Rudjeri, Pubil, Koke, Lyorente, Lukman (Kardozo, 57), Simeone (Serlot, 57), Grizmann (Baena, 66), Alvares (Almada, 66).
Ogohlantirishlar: Arrisabalaga (90) — Pubil (81), Koke (90).